Kalkulyator yozuvi
Masala #774 · murakkablik 24% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Bir nechta to'g'ri javob bo'lishi mumkin - istalganini chiqaring.
Eski kalkulyatorda uchta tugma ishlaydi: «+1», «×2» va «×3». Ekranda dastlab 1 soni turibdi. n sonini eng kam bosish bilan hosil qiling va ekranda paydo bo'lgan sonlarni ketma-ket yozib chiqing.
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda n (1 ≤ n ≤ 106).
Chiquvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda k - eng kam bosishlar soni. Ikkinchi qatorda k + 1 ta son x0, x1, …, xk: x0 = 1, xk = n, va har t uchun xt+1 son xt + 1, 2xt yoki 3xt ga teng.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.