Kosmik yuk

Masala #790 · murakkablik 31% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Yuk kemasi orbital stansiyaga jo'naydi. Kemaga ko'pi bilan A kg massa va ko'pi bilan B litr hajm sig'adi. Omborda n ta jihoz bor, har biri bittadan: i-jihozning massasi ai kg, hajmi bi litr va qiymati vi.

Massa ham, hajm ham chegaradan oshmaydigan qilib jihozlar tanlang. Tanlangan jihozlarning umumiy qiymati eng ko'pi bilan qancha bo'lishi mumkin?

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n, A, B (1 ≤ n ≤ 100, 1 ≤ A, B ≤ 100). Keyingi n qatorda uchtadan son: ai, bi, vi (1 ≤ ai, bi ≤ 100, 1 ≤ vi ≤ 106).

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - eng katta umumiy qiymat (hech narsa sig'masa - 0).

Izoh

1-namuna izohi. 1- va 2-jihoz: massa 5 + 4 = 9 ≤ 10, hajm 4 + 6 = 10 ≤ 10, qiymat 10 + 12 = 22.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.