Pochta markalari

Masala #783 · murakkablik 9% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Pochtada n xil qiymatli markalar sotiladi, har xilidan istalgancha. Jo'natmaga aynan S so'mlik marka yopishtirish kerak: yopishtirilgan markalar qiymatlari yig'indisi aynan S bo'lishi shart (ortiqcha ham, kam ham bo'lmaydi).

Buni qilish mumkinmi?

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va S (1 ≤ n ≤ 100, 1 ≤ S ≤ 105). Ikkinchi qatorda n ta marka qiymati (1 ≤ ci ≤ 105).

Chiquvchi ma'lumotlar

HA - agar aynan S so'm yig'ish mumkin bo'lsa, aks holda YO'Q.

Izoh

1-namuna izohi. 3 va 5 so'mlik markalardan 3, 5, 6, 8, 9, 10, … yig'iladi, lekin aynan 7 - yo'q.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.