Bo'sh maydon
Masala #782 · murakkablik 32% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Qishloq yeri n × m kataklarga bo'lingan. Ba'zi kataklarda qurilish bor (belgisi «#»), qolganlari bo'sh («.»). Hokimlik bo'sh yerdan kvadrat shaklidagi futbol maydoni ajratmoqchi: kvadrat tomonlari katak chiziqlari bo'ylab o'tadi va uning ichidagi barcha kataklar bo'sh bo'lishi kerak.
Bunday kvadratning tomoni eng ko'pi bilan necha katak bo'lishi mumkin? Bo'sh katak umuman bo'lmasa, 0 chiqaring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va m (1 ≤ n, m ≤ 1000). Keyingi n qatorning har birida m ta belgi «.» yoki «#».
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - eng katta bo'sh kvadratning tomoni.
Izoh
1-namuna izohi. Tomoni 3 bo'lgan bo'sh kvadrat: 1-3 qatorlar, 3-5 ustunlar. Tomoni 4 bo'lgan bo'sh kvadrat yo'q.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.