Kubiklar minorasi
Masala #793 · murakkablik 18% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Konveyerda n ta kubik birin-ketin o'tadi, i-kubikning tomoni ai sm. Bola ba'zi kubiklarni konveyerdan olib, minoraga qo'yadi. Kubiklar kelish tartibida qo'yiladi (keyin kelganini oldin kelganining ostiga qo'yib bo'lmaydi) va har yangi kubik ostidagisidan qat'iy kichik bo'lishi kerak.
Minora balandligi - undagi kubiklar tomonlari yig'indisi. Eng baland minora necha sm bo'ladi?
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n (1 ≤ n ≤ 1000), ikkinchi qatorda n ta son ai (1 ≤ ai ≤ 106).
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - eng katta balandlik.
Izoh
1-namuna izohi. Kubiklar 10, 9, 8 (2, 4, 6-lar): 10 + 9 + 8 = 27.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.