Oltin koni
Masala #780 · murakkablik 22% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Kon xaritasi n × m kataklardan iborat, har katakda bir necha gramm oltin bor. Konchi 1-ustunning istalgan katagidan ish boshlaydi va har qadamda keyingi ustunga o'tadi: o'ngdagi katakka, o'ng-yuqoridagi yoki o'ng-pastdagi katakka (xaritadan chiqmasdan). Oxirgi ustunga yetganda ish tugaydi. Konchi o'tgan har bir katakdagi oltinni oladi.
Konchi eng ko'pi bilan necha gramm oltin to'plashi mumkin?
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va m (1 ≤ n, m ≤ 500). Keyingi n qatorning har birida m ta son (0 ≤ son ≤ 100).
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - eng ko'p oltin.
Izoh
1-namuna izohi. Konchi 2-qatordan boshlaydi: 2, keyin o'ng-pastdagi 6, keyin o'ngdagi 4 - jami 12.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.