Oynali so'z
Masala #799 · murakkablik 33% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
So'z oynali deyiladi, agar u chapdan ham, o'ngdan ham bir xil o'qilsa (masalan, «radar», «a»). Sizga kichik lotin harflaridan iborat s so'zi berilgan. Undan ba'zi harflarni o'chirib (qolganlarining tartibini o'zgartirmasdan) oynali so'z hosil qilish kerak. Kamida bitta harf qolishi kerak.
Eng kamida nechta harf o'chirish kerak?
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda s (1 ≤ |s| ≤ 1000).
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - o'chiriladigan harflarning eng kam soni.
Izoh
1-namuna izohi. «qalam» dan q va m ni o'chirsak, «ala» qoladi.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.