Aynan shu og'irlik
Masala #786 · murakkablik 22% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Bir nechta to'g'ri javob bo'lishi mumkin - istalganini chiqaring.
Do'konda n ta qadoq bor, i-qadoqning og'irligi ai gramm. Xaridor aynan S gramm mahsulot so'radi. Qadoqlarni ochib bo'lmaydi, har qadoq ko'pi bilan bir marta olinadi.
Og'irliklari yig'indisi aynan S bo'ladigan qadoqlar to'plamini toping. Bunday to'plam bo'lmasa, -1 chiqaring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va S (1 ≤ n ≤ 100, 1 ≤ S ≤ 104). Ikkinchi qatorda n ta son (1 ≤ ai ≤ 104).
Chiquvchi ma'lumotlar
To'plam bo'lsa: birinchi qatorda k - qadoqlar soni, ikkinchi qatorda k ta turli raqam (1 dan n gacha, istalgan tartibda). Bo'lmasa: bitta qatorda -1.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.