Ikki parolni birlashtirish

Masala #798 · murakkablik 31% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Ikki xodimning parollari - kichik lotin harflaridan iborat a va b so'zlari. Administrator bitta umumiy so'z s tuzmoqchi: s dan ba'zi harflarni o'chirib (qolganlarining tartibini o'zgartirmasdan) a ni ham, boshqa harflarni o'chirib b ni ham hosil qilish mumkin bo'lsin.

Bunday so'z s ning eng kichik uzunligini toping.

Kiruvchi ma'lumotlar

Ikki qatorda a va b (1 ≤ |a|, |b| ≤ 1000), kichik lotin harflari.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - eng qisqa umumiy so'z uzunligi.

Izoh

1-namuna izohi. Masalan, s = «olmcha»: undan «olma» ham, «olcha» ham hosil bo'ladi. 5 harfli bunday so'z yo'q.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.