Sayyoh ryukzagi

Masala #788 · murakkablik 28% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Sayyoh ryukzagiga ko'pi bilan W kg yuk sig'adi. Do'konda n xil buyum bor, har biridan bittadan: i-buyum wi kg keladi va vi foyda beradi. Buyumni bo'lib bo'lmaydi: yo butunlay olinadi, yo olinmaydi.

Umumiy og'irlik W dan oshmasin. Olingan buyumlarning umumiy foydasi eng ko'pi bilan qancha bo'lishi mumkin?

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va W (1 ≤ n ≤ 100, 1 ≤ W ≤ 104). Keyingi n qatorda ikki sondan: wi va vi (1 ≤ wi ≤ 104, 1 ≤ vi ≤ 106).

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - eng katta umumiy foyda (hech narsa sig'masa - 0).

Izoh

1-namuna izohi. 1- va 2-buyum: 2 + 3 = 5 kg, foyda 3 + 4 = 7.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.