Ikki ish joyi
Masala #803 · murakkablik 26% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Talaba ta'tilning n kunida ishlamoqchi. Har kuni u yo do'konda ishlaydi (i-kuni ai so'm oladi), yo kafeda ishlaydi (bi so'm), yo dam oladi (0 so'm). Talaba bitta joyda ketma-ket ikki kun ishlay olmaydi: do'kondan keyin ertasiga kafe yoki dam bo'lishi mumkin, yana do'kon - yo'q (kafe uchun ham shunday).
Talaba eng ko'pi bilan qancha pul topadi?
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n (1 ≤ n ≤ 105). Ikkinchi qatorda n ta son ai, uchinchi qatorda n ta son bi (1 ≤ ai, bi ≤ 109).
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - eng ko'p pul.
Izoh
1-namuna izohi. 1-kun do'konda (10), 2-kun kafeda (8), 3-kun do'konda (1): jami 19.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.