Tog' izi

Masala #771 · murakkablik 14% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Tog' yonbag'rida n ta tayanch nuqta bor, i-nuqtaning balandligi hi. Sayyoh 1-nuqtadan n-nuqtaga borishi kerak. Har qadamda u bitta yoki ikkita nuqta oldinga o'tadi (i dan i + 1 ga yoki i + 2 ga). i dan j ga o'tish |hi − hj| kuch talab qiladi.

Sayyoh sarflaydigan umumiy kuchning eng kam qiymatini toping.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n (2 ≤ n ≤ 105), ikkinchi qatorda n ta son h1, …, hn (1 ≤ hi ≤ 104).

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - eng kam umumiy kuch.

Izoh

1-namuna izohi. 1 → 2 → 4 yo'li: |10 − 30| + |30 − 20| = 20 + 10 = 30. 1 → 3 → 4 yo'li esa 30 + 20 = 50 talab qiladi.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.