Minora zinapoyasi
Masala #768 · murakkablik 10% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Qadimiy minoraning zinapoyasida n ta pog'ona bor. Qorovul yerdan boshlab har qadamda 1, 2 yoki 3 pog'ona yuqoriga ko'tariladi va aynan n-pog'onada to'xtaydi (undan o'tib ketmaydi).
Qorovul tepaga necha xil usulda chiqishi mumkin? Qadamlar tartibi har xil bo'lsa, usullar ham har xil hisoblanadi (masalan 1+2 va 2+1 - ikki usul). Javob katta bo'lishi mumkin, shuning uchun uning 109 + 7 ga bo'lgandagi qoldig'ini chiqaring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda n (1 ≤ n ≤ 106).
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - usullar soni, 109 + 7 ga bo'lgandagi qoldiq.
Izoh
2-namuna izohi. n = 3 da 4 usul: 1 + 1 + 1, 1 + 2, 2 + 1 va 3.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.