Anagramma guruhlari

Masala #839 · murakkablik 28% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Ikki so'z anagramma deyiladi, agar ularning harflari bir xil (har harf bir xil sonda), faqat tartibi boshqacha bo'lsa: «tosh» va «shot». Til o'yinida n ta so'z berilgan. So'zlar anagramma bo'yicha guruhlarga ajratiladi: bir guruhda faqat bir-biriga anagramma so'zlar turadi.

Nechta guruh hosil bo'lishini va eng katta guruhda nechta so'z borligini toping. Bir xil so'zlar ham har biri alohida so'z hisoblanadi.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n (1 ≤ n ≤ 105). Keyingi n qatorning har birida bittadan so'z: uzunligi 1 dan 20 gacha, faqat kichik lotin harflari.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda ikki son: guruhlar soni va eng katta guruhdagi so'zlar soni.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.