Simmetrik tasbeh

Masala #824 · murakkablik 33% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Bir nechta to'g'ri javob bo'lishi mumkin - istalganini chiqaring.

Hunarmandda rangli munchoqlar bor: satrdagi har harf - bitta munchoq, harf uning rangi. U hamma munchoqni ipga shunday tizmoqchiki, tasbeh chapdan ham, o'ngdan ham bir xil o'qilsin (harflar ketma-ketligi palindrom bo'lsin).

Shunday tartib bo'lsa, istalgan bittasini chiqaring. Bo'lmasa, -1 chiqaring.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda satr s (1 ≤ |s| ≤ 2·105), faqat kichik lotin harflari.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda s ning harflaridan tuzilgan palindrom (barcha harflar ishlatilgan) yoki mumkin bo'lmasa -1.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.