Eng uzun chegara
Masala #826 · murakkablik 14% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Satrning chegarasi - uning butun satrdan qisqa, bir vaqtda ham boshi, ham oxiri bo'lgan bo'lagi. Masalan, «abacaba» ning chegaralari «a» va «aba»; «abcd» da chegara yo'q. Chegara boshi va oxiri ustma-ust tushishi mumkin: «aaaa» ning eng uzun chegarasi «aaa».
Satrning eng uzun chegarasini toping.
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda satr s (1 ≤ |s| ≤ 2·105), faqat kichik lotin harflari.
Chiquvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda eng uzun chegara uzunligi L. Agar L > 0 bo'lsa, ikkinchi qatorda chegaraning o'zi; L = 0 bo'lsa ikkinchi qator chiqarilmaydi.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.