Gapdagi palindromlar

Masala #821 · murakkablik 16% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Ona tili o'qituvchisi o'quvchilarga gap yozib berdi va undagi palindrom so'zlarni (chapdan ham, o'ngdan ham bir xil o'qiladigan so'zlarni) sanashni topshirdi. Masalan, «ana bu kiyik emas» gapida «ana» va «kiyik» palindrom - jami 2 ta.

Gapdagi palindrom so'zlar sonini toping. Bir xil so'z bir necha marta uchrasa, har biri alohida sanaladi.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda gap: kichik lotin harflaridan iborat so'zlar, orasida bittadan probel. Kamida bitta so'z bor, qator uzunligi 105 dan oshmaydi.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - palindrom so'zlar soni.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.