Lug'atdagi birinchi va oxirgi
Masala #819 · murakkablik 12% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Kutubxonachi o'quvchilar ismlarini lug'at (alifbo) tartibida terib chiqmoqchi. Avval ro'yxatdagi lug'at tartibida eng birinchi va eng oxirgi ismni bilishi kerak.
Satrlar lug'at tartibida solishtiriladi: birinchi farqli harf hal qiladi, bir satr ikkinchisining boshi bo'lsa, qisqasi oldin keladi («ol» «olma» dan oldin).
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n (1 ≤ n ≤ 1000). Keyingi n qatorning har birida bittadan ism: uzunligi 1 dan 20 gacha, faqat kichik lotin harflari.
Chiquvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda lug'at tartibida eng kichik ism, ikkinchi qatorda eng katta ism.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.