Kubiklardan palindrom
Masala #834 · murakkablik 16% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Bolada harfli kubiklar bor: satrdagi har harf - bitta kubik. U kubiklarning bir qismini (hammasini ham bo'lishi mumkin) olib, istalgan tartibda qatorga terib, chapdan ham, o'ngdan ham bir xil o'qiladigan so'z (palindrom) hosil qilmoqchi.
Eng uzun palindrom necha harfdan iborat bo'ladi? Masalan, «aabbbcd» dan «abbba» (5 harf) terish mumkin, undan uzunini emas.
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda satr s (1 ≤ |s| ≤ 105), faqat kichik lotin harflari.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - eng uzun palindrom uzunligi.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.