Yetishmagan harflar

Masala #811 · murakkablik 12% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Bosmaxona ustasi yangi shriftni sinab ko'rmoqda: u sinov matnini teradi va alifboning qaysi harflari bu matnda bir marta ham ishlatilmaganini bilmoqchi - ularni alohida sinash kerak bo'ladi.

Matnda uchramagan kichik lotin harflarini (a dan z gacha) toping.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda matn s (1 ≤ |s| ≤ 105), faqat kichik lotin harflari, probelsiz.

Chiquvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda k - matnda uchramagan harflar soni. Agar k > 0 bo'lsa, ikkinchi qatorda shu harflar alifbo tartibida, orasida probelsiz; k = 0 bo'lsa ikkinchi qator chiqarilmaydi.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.