Eng katta uchburchak maydon
Masala #874 · murakkablik 32% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Dalada n ta qoziq bor. Uchtasini tanlab, ular bilan uchburchak shaklidagi maydonni ipga o'rash mumkin. Eng katta yuzali maydonni tanlang. Yuza yarim butun bo'lishi mumkin, shuning uchun ikki baravar yuzani chiqaring.
Hamma qoziqlar bitta chiziqda yotsa, javob 0.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n (3 ≤ n ≤ 100). Keyingi n qatorning har birida qoziq koordinatalari x y (modul bo'yicha 109 dan oshmaydi). Qoziqlar ustma-ust tushishi mumkin.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - tanlangan uchburchakning eng katta ikki baravar yuzasi.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.