Eng yaqin ombor

Masala #844 · murakkablik 12% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Kuryer P nuqtada turibdi. Shaharda n ta ombor bor, ularning koordinatalari ma'lum. Kuryerga to'g'ri chiziq bo'yicha eng yaqin omborni toping. Bir nechta ombor bir xil uzoqlikda bo'lsa, raqami eng kichigini tanlang.

Omborning raqamini va masofaning kvadratini chiqaring.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n (1 ≤ n ≤ 1000). Ikkinchi qatorda kuryerning x y koordinatalari. Keyingi n qatorning har birida ombor koordinatalari x y. Barcha koordinatalar butun, modul bo'yicha 109 dan oshmaydi.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda ikki son: eng yaqin omborning raqami (1 dan boshlab) va kuryergacha masofaning kvadrati.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.