Qo'riqlanadigan hudud
Masala #870 · murakkablik 27% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Qo'riqxona hududi qavariq ko'pburchak: burchaklari soat miliga qarshi tartibda berilgan, hech qaysi uchta ketma-ket burchak bitta chiziqda emas. Kuzatuv kamerasi q ta nuqtada harakat sezdi. Har bir nuqta uchun aniqlang: u hudud ichidami, chegarasidami (devorda yoki burchakda) yoki tashqaridami?
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n (3 ≤ n ≤ 2000), keyingi n qatorda burchaklar x y. So'ng q (1 ≤ q ≤ 1000), keyingi q qatorda nuqtalar x y. Barcha koordinatalar butun, modul bo'yicha 109 dan oshmaydi.
Chiquvchi ma'lumotlar
Har nuqta uchun alohida qatorda ICHIDA, CHEGARADA yoki TASHQARIDA.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.