Faqat bittadan

Masala #875 · murakkablik 8% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

n ta uyumda toshlar bor, i-uyumda ai ta. Ikki o'yinchi navbat bilan aynan bitta toshni istalgan uyumdan oladi (uyumda tosh bo'lishi shart). Oxirgi toshni olgan yutadi. Birinchi o'yinchi boshlaydi.

Ikkalasi ham eng yaxshi o'ynasa, kim yutadi?

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n (1 ≤ n ≤ 105). Ikkinchi qatorda n ta son ai (0 ≤ ai ≤ 109). Hamma uyum bo'sh bo'lishi ham mumkin: unda birinchi o'yinchi birinchi navbatdayoq yurolmaydi va yutqazadi.

Chiquvchi ma'lumotlar

«Birinchi» yoki «Ikkinchi».

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.