Qatordagi savatlar

Masala #898 · murakkablik 30% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Bog'da n ta savat qatorga terilgan, i-savatda ai ta olma. Bog'bon q marta so'raydi: «faqat l-savatdan r-savatgacha (ikkalasi ham kiradi) bo'lgan savatlar bilan o'ynasak, kim yutadi?» O'yin: navbat bilan bitta savatdan istalgancha (kamida 1) olma olinadi, oxirgi olmani olgan yutadi, birinchi o'yinchi boshlaydi. Har savol alohida, savatlar o'zgarmaydi.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va q (1 ≤ n, q ≤ 105). Ikkinchi qatorda n ta son ai (0 ≤ ai ≤ 109). Keyingi q qatorning har birida ikki son l va r (1 ≤ l ≤ r ≤ n).

Chiquvchi ma'lumotlar

Har savolga alohida qatorda «Birinchi» yoki «Ikkinchi».

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.