Ladya burchakka
Masala #901 · murakkablik 14% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Katta taxtaning qatorlari yuqoridan pastga, ustunlari chapdan o'ngga 1 dan boshlab raqamlangan. Ladya (r, c) katakda turibdi (r - qator, c - ustun). Ikki o'yinchi navbat bilan yuradi: bir yurishda ladya yuqoriga yoki chapga istalgancha (kamida 1) katak suriladi, taxtadan chiqmaydi. Ladya (1, 1) katakka kelganda yurish yo'q. Yurolmay qolgan o'yinchi yutqazadi, birinchi o'yinchi boshlaydi.
Ikkalasi ham eng yaxshi o'ynasa, kim yutadi?
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda ikki son: r va c (1 ≤ r, c ≤ 1018).
Chiquvchi ma'lumotlar
«Birinchi» yoki «Ikkinchi».
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.