Har savatning chegarasi

Masala #903 · murakkablik 26% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

n ta savat bor, i-savatda ai ta olma. Savatlarning hajmi har xil, shuning uchun i-savatdan bir yurishda ko'pi bilan ki ta olma olish mumkin (kamida 1 ta). Bir yurishda bitta savat tanlanadi. Navbat bilan yuriladi, birinchi o'yinchi boshlaydi, oxirgi olmani olgan yutadi.

Ikkalasi ham eng yaxshi o'ynasa, kim yutadi?

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n (1 ≤ n ≤ 105). Keyingi n qatorning har birida ikki son: ai va ki (0 ≤ ai ≤ 109, 1 ≤ ki ≤ 109).

Chiquvchi ma'lumotlar

«Birinchi» yoki «Ikkinchi».

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.