Cheklangan savatlarda yurish
Masala #904 · murakkablik 28% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Bir nechta to'g'ri javob bo'lishi mumkin - istalganini chiqaring.
n ta savat bor, i-savatda ai ta olma; i-savatdan bir yurishda ko'pi bilan ki ta olma olish mumkin (kamida 1 ta, savatdagidan ko'p emas). Bir yurishda bitta savat tanlanadi. Ikki o'yinchi navbat bilan yuradi, oxirgi olmani olgan yutadi. Navbat sizda.
Yutuvchi yurish - shunday yurishki, undan keyin raqib qanday o'ynamasin, siz to'g'ri davom ettirib yutasiz. Yutuvchi yurishni toping. Yutuvchi yurish bo'lmasa, 0 chiqaring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n (1 ≤ n ≤ 105). Keyingi n qatorning har birida ikki son: ai va ki (0 ≤ ai ≤ 109, 1 ≤ ki ≤ 109).
Chiquvchi ma'lumotlar
Yutuvchi yurish bo'lsa - ikki son: savat raqami i (1 dan boshlab) va olinadigan olmalar soni x (1 ≤ x ≤ min(ai, ki)). Bo'lmasa - bitta son 0. Bir nechta to'g'ri javob bo'lsa, istalganini chiqaring.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.