Dumaloq stol

Masala #891 · murakkablik 28% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Dumaloq stolda n ta likopcha doira bo'ylab teng oraliqda joylashgan. O'yinchilar navbat bilan yuradi: bir yurishda bitta likopcha yoki yonma-yon turgan ikkita likopcha olinadi. Olingan joyda bo'shliq qoladi; bo'shliqning ikki tomonidagi likopchalar endi yonma-yon hisoblanmaydi. Oxirgi likopchani olgan yutadi, birinchi o'yinchi boshlaydi.

Ikkalasi ham eng yaxshi o'ynasa, kim yutadi?

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda n (1 ≤ n ≤ 1018).

Chiquvchi ma'lumotlar

«Birinchi» yoki «Ikkinchi».

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.