Ladyalar

Masala #894 · murakkablik 18% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Taxtada n ta qator bor, har qatorda bittadan ladya turibdi. Ustunlar chapdan o'ngga 1 dan boshlab raqamlangan, i-qatordagi ladya ci-ustunda. Ikki o'yinchi navbat bilan yuradi: bir yurishda bitta ladya tanlanadi va u o'z qatorida chapga istalgancha (kamida 1) katak suriladi; ladya 1-ustundan chapga chiqa olmaydi. Yurolmay qolgan o'yinchi yutqazadi, birinchi o'yinchi boshlaydi.

Ikkalasi ham eng yaxshi o'ynasa, kim yutadi?

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n (1 ≤ n ≤ 105). Ikkinchi qatorda n ta son ci (1 ≤ ci ≤ 109).

Chiquvchi ma'lumotlar

«Birinchi» yoki «Ikkinchi».

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.