Likopchalar qatori
Masala #886 · murakkablik 18% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Stolda n ta likopcha bir qatorga terilgan. Ikki o'yinchi navbat bilan yuradi: bir yurishda yonma-yon turgan 1 tadan k tagacha likopcha olinadi. Olingan likopchalar o'rnida bo'shliq qoladi; bo'shliqning ikki tomonidagi likopchalar endi yonma-yon hisoblanmaydi. Oxirgi likopchani olgan o'yinchi yutadi. Birinchi o'yinchi boshlaydi.
Ikkalasi ham eng yaxshi o'ynasa, kim yutadi?
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda ikki son: n va k (1 ≤ n, k ≤ 1018).
Chiquvchi ma'lumotlar
«Birinchi» yoki «Ikkinchi».
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.