Yutuvchi yurishlar soni
Masala #897 · murakkablik 26% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Bog'da n ta savat, i-savatda ai ta olma. Ikki o'yinchi navbat bilan yuradi: bir yurishda bitta savat tanlanadi va undan istalgancha (kamida 1) olma olinadi. Oxirgi olmani olgan o'yinchi yutadi. Navbat sizda.
Yutuvchi yurish - shunday yurishki, undan keyin raqib qanday o'ynamasin, siz to'g'ri davom ettirib yutasiz. Nechta xil yutuvchi yurish bor? Ikki yurish savat raqami yoki olinadigan olmalar soni bilan farq qilsa, ular har xil.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n (1 ≤ n ≤ 105). Ikkinchi qatorda n ta son ai (0 ≤ ai ≤ 109).
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - yutuvchi yurishlar soni (yo'q bo'lsa 0).
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.