Olma savatlari
Masala #895 · murakkablik 22% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Bog'da n ta savat bor, i-savatda ai ta olma. Ikki o'yinchi navbat bilan yuradi: bir yurishda bitta savat tanlanib, undan istalgancha (kamida 1) olma olinadi. Oxirgi olmani olgan yutadi. Birinchi o'yinchi boshlaydi.
Ikkalasi ham eng yaxshi o'ynasa, kim yutadi?
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n (1 ≤ n ≤ 105). Ikkinchi qatorda n ta son ai (0 ≤ ai ≤ 109).
Chiquvchi ma'lumotlar
«Birinchi» yoki «Ikkinchi». Hamma savat bo'sh bo'lsa, birinchi yurolmaydi - «Ikkinchi».
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.