Qaysi yurish yutadi?
Masala #878 · murakkablik 15% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Bir nechta to'g'ri javob bo'lishi mumkin - istalganini chiqaring.
Savatda n ta olma. Ikki o'yinchi navbat bilan olma oladi: bir yurishda a1, …, ak sonlaridan biriga teng miqdorda (savatda shuncha olma bo'lishi shart). Yurolmay qolgan o'yinchi yutqazadi. Navbat sizda.
Yutuvchi yurish - shunday yurishki, undan keyin raqib qanday o'ynamasin, siz to'g'ri davom ettirib yutasiz. Yutuvchi yurishni toping. Yutuvchi yurish bo'lmasa (raqib eng yaxshi o'ynasa, siz nima qilsangiz ham yutqazasiz), 0 chiqaring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda ikki son: n va k (1 ≤ n ≤ 105, 1 ≤ k ≤ 10). Ikkinchi qatorda k ta har xil son ai (1 ≤ ai ≤ 1000).
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son: olinadigan olmalar soni m (m - ai lardan biri va m ≤ n) yoki 0, agar yutuvchi yurish bo'lmasa. Bir nechta to'g'ri javob bo'lsa, istalganini chiqaring.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.