Shokolad
Masala #884 · murakkablik 12% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Shokolad plitkasi n × m ta kvadrat bo'lakchadan iborat. Ikki o'yinchi navbat bilan yuradi: bir yurishda stoldagi to'rtburchak bo'laklardan istalgan bittasi tanlanadi va u bo'lakchalar orasidagi to'g'ri chiziq bo'ylab (gorizontal yoki vertikal) ikkiga sindiriladi. 1 × 1 bo'lakni sindirib bo'lmaydi. Yurolmay qolgan o'yinchi yutqazadi, birinchi o'yinchi boshlaydi.
Ikkalasi ham eng yaxshi o'ynasa, kim yutadi?
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda ikki son: n va m (1 ≤ n, m ≤ 109).
Chiquvchi ma'lumotlar
«Birinchi» yoki «Ikkinchi».
Izoh
1-namuna izohi. Birinchi o'yinchi 2 × 2 ni ikkita 1 × 2 ga sindiradi. Ikkinchi o'yinchi ulardan birini ikkita 1 × 1 ga sindiradi, birinchi esa qolgan 1 × 2 ni. Endi hamma bo'lak 1 × 1 - ikkinchi o'yinchi yurolmaydi.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.