Chuqurli yo'lak

Masala #877 · murakkablik 14% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Bolalar hovlida tosh surish o'yinini o'ynashyapti. Yo'lakda n ta katak bor, ular chapdan o'ngga 1 dan n gacha raqamlangan; ba'zi kataklarda chuqur bor. Tosh p-katakda turibdi. Ikki o'yinchi navbat bilan toshni 1 yoki 2 katak chapga suradi. Tosh chuqurli katakka tushishi va 1-katakdan chapga chiqishi mumkin emas. Yurolmay qolgan o'yinchi yutqazadi, birinchi o'yinchi boshlaydi.

Ikkalasi ham eng yaxshi o'ynasa, kim yutadi?

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda ikki son: n va p (1 ≤ p ≤ n ≤ 106). Ikkinchi qatorda uzunligi n bo'lgan satr: uning i-belgisi . bo'lsa i-katak bo'sh, # bo'lsa chuqur. p-katak bo'sh.

Chiquvchi ma'lumotlar

«Birinchi» yoki «Ikkinchi» - yutadigan o'yinchi.

Izoh

3-namuna izohi. 4-katak chuqur, shuning uchun 5-katakdan faqat 3-katakka surish mumkin. Ikkinchi o'yinchi toshni 2-katakka suradi. 2-katakdan chapda faqat chuqurli 1-katak bor - birinchi o'yinchi yurolmaydi.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.