Uch savat

Masala #892 · murakkablik 10% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Uch savatda a, b va c ta olma bor. Ikki o'yinchi navbat bilan yuradi: bir yurishda bitta savat tanlanadi va undan istalgancha (kamida 1) olma olinadi. Oxirgi olmani olgan o'yinchi yutadi. Birinchi o'yinchi boshlaydi.

Ikkalasi ham eng yaxshi o'ynasa, kim yutadi?

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda uch son: a, b, c (0 ≤ a, b, c ≤ 1018).

Chiquvchi ma'lumotlar

«Birinchi» yoki «Ikkinchi». Hamma savat bo'sh bo'lsa, birinchi yurolmaydi - «Ikkinchi».

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.