Buyurtma kodi
Masala #932 · murakkablik 6% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Oshxonada n ta mahsulot bor, 0 dan n − 1 gacha raqamlangan. Ofitsiant buyurtmani bitta son - kod m bilan yozadi: m ning i-biti 1 bo'lsa, buyurtmada i-mahsulot bor.
Har kod uchun buyurtmadagi mahsulotlar nomini chiqaring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n (1 ≤ n ≤ 20). Ikkinchi qatorda n ta mahsulot nomi (kichik lotin harflari, uzunligi 1 dan 10 gacha), 0-mahsulotdan boshlab. Uchinchi qatorda kodlar soni q (1 ≤ q ≤ 1000). Keyingi q qatorda bittadan kod m (0 ≤ m < 2n).
Chiquvchi ma'lumotlar
Har kod uchun alohida qatorda buyurtmadagi mahsulotlar nomi, raqami o'sish tartibida, probel bilan. Buyurtma bo'sh bo'lsa, - belgisi.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.