Eng ko'p birli kod

Masala #926 · murakkablik 15% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Tizimda n ta kod saqlanadi. Kodning kuchi - uning ikkilik yozuvidagi birlar soni. Eng kuchli kodni toping. Bir xil kuchli kodlar bir nechta bo'lsa, ro'yxatda eng oldin turganini oling.

Masalan, 7 = 1112 ning kuchi 3, 8 = 10002 ning kuchi esa 1, garchi 8 katta son bo'lsa ham.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n (1 ≤ n ≤ 105). Ikkinchi qatorda n ta kod 0 ≤ ai ≤ 1018.

Chiquvchi ma'lumotlar

Ikkita son: eng kuchli kodning ro'yxatdagi o'rni (1 dan boshlab) va uning kuchi.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.