Juftsiz paypoq

Masala #920 · murakkablik 16% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Kir yuvish xonasidan n ta paypoq keldi, har birining rang raqami bor. Har rangdagi paypoqlar juft-juft bo'lishi kerak, ya'ni soni juft. Lekin aynan bitta rangdagi paypoqlar soni toq chiqdi: bitta paypoq juftsiz qoldi.

Bu qaysi rang? Paypoqlar soni juda ko'p, shuning uchun yechim tez bo'lishi kerak.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n (1 ≤ n ≤ 105, n toq). Ikkinchi qatorda n ta rang raqami 1 ≤ ai ≤ 109. Aynan bitta qiymat toq marta uchraydi, qolganlari juft marta.

Chiquvchi ma'lumotlar

Toq marta uchragan rang raqami.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.