Ikki sondan biri
Masala #921 · murakkablik 16% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Bu ikki bosqichli masala: dasturingiz har testda ikki marta, bir-biridan mustaqil ishga tushiriladi.
Alisada q ta juftlik bor: (ai, bi). Hakam har juftlikdan bittasini Bobga beradi - qaysi birini, Alisa oldindan bilmaydi. Bob esa juftlikning ikkinchi sonini topishi kerak. Alisa har juftlik uchun Bobga bitta son yubora oladi, 0 ≤ son < 230.
1-ishga tushirish (encode, Alisa): dasturga q ta juftlik beriladi. U q ta butun son chiqarishi kerak: i-son i-juftlik uchun.
2-ishga tushirish (decode, Bob): dastur yangidan ishga tushadi va 1-ishga tushirishdan hech narsani eslamaydi. Har juftlik uchun unga ikkita son beriladi: Alisa yuborgan son vi va hakam bergan son ui (ai yoki bi). Bob har juftlikning ikkinchi sonini chiqarishi kerak: ui = ai bo'lsa bi ni, ui = bi bo'lsa ai ni (ai = bi bo'lsa, o'sha sonni).
Barcha ikkinchi sonlar to'g'ri bo'lsa, javob qabul qilinadi. Qaysi sonlarni yuborish - o'zingizning ishingiz.
Namuna (bitta test, ikki ishga tushirish; hakam 1-juftlikdan 5 ni, 2-sidan 7 ni berdi):
| Kirish | Chiqish |
|---|---|
encode 2 5 9 7 7 | 12 0 |
decode 2 12 5 0 7 | 9 7 |
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda rejim: encode yoki decode.
encode da ikkinchi qatorda q (1 ≤ q ≤ 1000), keyingi q qatorda ai va bi (0 ≤ ai, bi < 230).
decode da ikkinchi qatorda q, keyingi q qatorda vi va ui.
Chiquvchi ma'lumotlar
encode da - q ta butun son (0 ≤ son < 230), probel yoki yangi qator bilan. decode da - q qatorda juftliklarning ikkinchi sonlari.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.