Bitlarni qayta joylash
Masala #931 · murakkablik 24% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Kodlash mashinasi sonning ikkilik yozuvidagi raqamlarni istalgan tartibda qayta joylashtira oladi, lekin yozuv uzunligi o'zgarmasligi kerak: natijaning ham boshida 1 turadi (ortiqcha nol paydo bo'lmaydi). Masalan, 12 = 11002 dan 1100, 1010 va 1001 hosil bo'ladi, 0110 esa yo'q.
Har x uchun shu tarzda hosil bo'ladigan eng kichik va eng katta sonni toping.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda t (1 ≤ t ≤ 1000). Keyingi t qatorda bittadan x (1 ≤ x ≤ 1018).
Chiquvchi ma'lumotlar
Har x uchun alohida qatorda ikkita son: eng kichik va eng katta (o'nlik yozuvda).
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.