Ikkilik hisobchi

Masala #914 · murakkablik 18% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Eski kalkulyatorda sonlar faqat ikkilik yozuvda kiritiladi va javob ham ikkilik yozuvda ko'rsatiladi. Kalkulyatorning qo'shish tugmasi buzildi. Ikki son ikkilik yozuvda berilgan, ularning yig'indisini ham ikkilik yozuvda chiqaring.

Masalan, 1012 = 5 va 112 = 3, yig'indisi 8 = 10002.

Kiruvchi ma'lumotlar

Ikki qatorda ikkita satr a va b, faqat 0 va 1 belgilaridan iborat. Har biri yo 0 ning o'zi, yo 1 bilan boshlanadi. Uzunliklari: 1 ≤ |a|, |b| ≤ 60.

Chiquvchi ma'lumotlar

Yig'indining ikkilik yozuvi, boshida ortiqcha nollarsiz. Yig'indi 0 bo'lsa, 0.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.