Qulf va kalitlar
Masala #940 · murakkablik 18% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Elektron qulf bitta son L bilan ochiladi. Sizda n ta kalit bor, har biri ham son. Kalitni ustaxonada o'zgartirish mumkin: bitta amal kalit sonining bitta bitini teskarisiga aylantiradi.
Qaysi kalitni L ga aylantirish eng kam amal talab qiladi? Bunday kalitlar bir nechta bo'lsa, ro'yxatda eng oldin turganini oling.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va L (1 ≤ n ≤ 105, 0 ≤ L ≤ 1018). Ikkinchi qatorda n ta kalit 0 ≤ ki ≤ 1018.
Chiquvchi ma'lumotlar
Ikkita son: tanlangan kalitning o'rni (1 dan boshlab) va kerakli amallar soni.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.