Ikkilik palindrom
Masala #911 · murakkablik 12% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Raqamlar ishqibozi palindrom sonlarni yaxshi ko'radi, lekin faqat ikkilik yozuvda. Masalan, 9 = 10012 chapdan ham, o'ngdan ham bir xil o'qiladi, 6 = 1102 esa yo'q.
Har son uchun uning ikkilik yozuvi (boshida ortiqcha nollarsiz) palindrom ekanini aniqlang.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda sonlar soni t (1 ≤ t ≤ 1000). Keyingi t qatorda bittadan son n (1 ≤ n ≤ 1018).
Chiquvchi ma'lumotlar
Har son uchun alohida qatorda YES yoki NO.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.