Turli summalar

Masala #933 · murakkablik 16% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Hamyonda n ta tanga bor (qiymatlari takrorlanishi mumkin), har tanga ko'pi bilan bir marta ishlatiladi. Hamyondagi tangalar bilan qaytimsiz to'lash mumkin bo'lgan nechta turli musbat summa bor?

Masalan, 1, 2, 2 tangalari bilan 1, 2, 3, 4, 5 summalarini to'lash mumkin - 5 ta.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n (1 ≤ n ≤ 20). Ikkinchi qatorda n ta tanga qiymati 1 ≤ ci ≤ 1000.

Chiquvchi ma'lumotlar

Turli musbat summalar soni.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.