Tosh tanlash

Masala #908 · murakkablik 8% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Bozorchida og'irligi 1, 2, 4, 8, 16, … kg (ikkining darajalari) bo'lgan toshlar bor, har og'irlikdan bittadan. U tarozining bir pallasiga faqat toshlarni qo'yib, ikkinchi pallada aynan n kg mahsulot tortmoqchi.

Qaysi toshlarni qo'yish kerak? Bunday toshlar to'plami har doim bor va u yagona.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta butun son n (1 ≤ n ≤ 1018).

Chiquvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda kerakli toshlar soni k. Ikkinchi qatorda k ta tosh og'irligi, o'sish tartibida, probel bilan.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.