Aniq summa
Masala #937 · murakkablik 25% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB
Do'konda n ta turli mahsulot bor, i-sining narxi ai so'm. Har mahsulot bittadan. Xaridorning hamyonida aniq S so'm bor va u qaytim olishni istamaydi.
Narxlari yig'indisi aynan S bo'ladigan mahsulotlar to'plami nechta? Narxi bir xil bo'lsa ham, turli mahsulotlardan iborat to'plamlar har xil hisoblanadi.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va S (1 ≤ n ≤ 20, 1 ≤ S ≤ 2·107). Ikkinchi qatorda n ta narx 1 ≤ ai ≤ 106.
Chiquvchi ma'lumotlar
Mos to'plamlar soni.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.