XOR i berilgan to'plam
Masala #934 · murakkablik 22% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Bir nechta to'g'ri javob bo'lishi mumkin - istalganini chiqaring.
Seyf qulfining kodi X. Seyfchi n ta kartochka oldi, i-kartochkada ai soni yozilgan. U bir nechta kartochkani tanlab, ulardagi sonlarning XOR ini qulfga kiritadi.
XOR i aynan X bo'ladigan, kamida bitta kartochkadan iborat to'plamni toping. Bunday to'plam bo'lmasa, -1 chiqaring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va X (1 ≤ n ≤ 20, 0 ≤ X < 230). Ikkinchi qatorda n ta son 0 ≤ ai < 230.
Chiquvchi ma'lumotlar
To'plam bo'lsa: birinchi qatorda kartochkalar soni k (1 ≤ k ≤ n), ikkinchi qatorda k ta turli kartochka raqami (1 dan n gacha, istalgan tartibda). Bo'lmasa: -1.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.