Bayram chiroqlari

Masala #944 · murakkablik 30% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Maydonda m ta chiroq bor, ba'zilari yonib turibdi. Boshqaruv pultida n ta tugma bor; i-tugma bir nechta chiroqqa ulangan va bosilganda shu chiroqlarning har birining holatini teskarisiga o'zgartiradi. Tugmani istalgancha marta bosish mumkin.

Barcha m ta chiroq yonib turishi uchun eng kamida nechta bosish kerak? Iloji bo'lmasa, -1 chiqaring.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va m (1 ≤ n ≤ 20, 1 ≤ m ≤ 30). Ikkinchi qatorda m uzunlikdagi 0/1 satr - chiroqlarning boshlang'ich holati (1 - yonib turibdi). Keyingi n qatorda m uzunlikdagi 0/1 satrlar: i-satrning j-belgisi 1 bo'lsa, i-tugma j-chiroqqa ulangan.

Chiquvchi ma'lumotlar

Eng kam bosishlar soni yoki -1.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.